Ma’lum bölişiça, “IT bilimdoni” tanlovi Çimboy tumanidagi yoşlar oyligi doirasida ötkazilgan. Tuman hokimligining rasmiy Telegram-kanalida 20 iyun kuni berilgan (ayni paytda öçirilgan) xabarga köra, tanlovning tuman bosqiçida 15 yoşdan 25 yoşgaça bölgan 60 dan ortiq yoşlar qatnaşgan.

Maqsim Jumaboyev, Miyribek Aytmurodov, Damir Askarboyev va Azamat Qalmurodov ğolib va sovrindorlar qatorida taqdirlangan.

Foto: Çimboy tumani hokimligi
Foto: Çimboy tumani hokimligi

Tanlovni Yoşlar işlari agentligi va IT-Park taşkil qilgan.

Eslatib ötamiz, yanvar oyida Samarqandning Nurobod tumanida “1 million dasturçi” IT-tanlovi ğolibi bölgan maktab öquvçisiga işlatilgan noutbuk berilişi rezonansga sabab bölgan, buning ortidan tuman hokimi örinbosariga hayfsan berilib, tuman XTB mutaxassisi va viloyat XTB bölim boşliği lavozimidan ozod etilgandi.