1. Fikr-xayolingiz hozirgi kunda bo‘lsin

Har qanday ish bilan shug‘ullanayotganda odatda hayolimizdan turli narsalar o‘tadi: rejalarimiz ro‘yxatini yangilaymiz, kechki ovqatga nima pishirishni o‘ylaymiz, kimdir qo‘ng‘iroqqa javob bermagani sabablarini chamalab chiqamiz. Bu joriy ishimizdan chalg‘itadi, hatto charchatadi.

Agar bunday fikrlarga tez-tez ko‘milib borayotganingizni sezsangiz, ongni rivojlantirishni mashq qiling. Buning uchun meditatsiya qilish afzal. U sizga fikrlaringizni kuzatishni, ularga o‘ralashib qolmaslikni o‘rgatadi. Bu esa stressdan xalos qiladi.

Hozirgi kunga qaytishni boshqa usullari ham bor:

  • Hissiyotlarga e’tibor qarating. Biror narsa qilayotganda imkon qadar ko‘proq his-tuyg‘u a’zolarini ishga solishga harakat qiling. Masalan, uyni tozalayotganda tozalash vositasining hidiga, suvning haroratiga, changyutgichning ovoziga e’tibor bering. Agar siz ko‘chada yursangiz, shamolning esishini, mushaklarning ishlashini his qiling, gullarning hidiga, tovushlar va diqqatga sazovor joylarga e’tibor bering.
  • Nafas olishga e’tibor qarating. Nafasni shoshmasdan, sekin oling, havoni o‘pkangizda bir necha soniya ushlab turing. So‘ngra sekin nafas chiqaring. Buni 10 marta takrorlang.

Vaqti-vaqti bilan hayolingizga boshqa fikrlar keladi, ular sizni chalg‘itadi, bu tabiiy hol. O‘zingizni tanqid qilib, qiynamang. Chalg‘ib ketayotganingizni sezganingizda, yana hozirgi vaqtga qaytishga harakat qiling. Vaqt o‘tishi bilan bu yanada osonroq bo‘lib qoladi.

2. Fikrlaringizni yozib boring

Bu ruhiy «chiqindilar» hajmini kamaytiradi, miyaning operativ xotirasini tozalaydi. Fikrlaringizni yozganingizdan so‘ng, ulardan xalos bo‘lish va muhimlariga diqqatni qaratish osonroq bo‘ladi. Agar muntazam ravishda fikrlarni yozib borsangiz va ularni qayta o‘qisangiz, fikrlash jarayoningiz qanday kechayotganini anglaysiz va qaysi turdagi muammolar sizni bezovta qilayotganini bilib olasiz.

Kundalik yuritish his-tuyg‘ular bosimini kamaytirish imkonini beradi / Foto: zen.yandex.ru

Fikrlarni kundalikka yozib borishdan ko‘proq foyda olishga quyidagilar yordam beradi:

  • Muntazam ravishda yozing. Buning uchun kuniga 10-15 daqiqa ajratish kifoya, masalan, kechqurun, yotishdan oldin.