Murodjon Azimov maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni topshirdi
Qashqadaryo viloyati hokimi boshchiligidagi rahbarlar yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va istiqbolli takliflarini eshitdilar.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Bugun yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq, - dedi viloyat hokimi Murodjon Azimov. - Mana 11-sinf bitiruvchilarining 608 nafari muddatidan oldin talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishgani ham bugun bizda ta’limga, xalqaro ta’limni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchayganidan darak beradi. Shuningdek, nufuzli OTMlar bilan hamkorlik natijasida 285 nafar bitiruvchilar muddatidan oldin Britaniya menejment universiteti talabasi bo‘lgani ham farzandlarimiz kelajagini belgilab beradi.
Aytish lozimki, bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish borasida maktab va ota-ona hamkorligi kuchaydi. Bu allaqachon o‘z natijasini ham bera boshladi. Masalan, 2021 yilda 48 248 nafar bitiruvchidan 9 087 nafari (18,8 foiz) oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yilda 3,4 barobarga yoki 8,2 foizdan 18,8 foizga (10,6 foiz) oshgan.
Birorta ham bitiruvchisi oliy ta’lim muassasalariga kirmagan maktablar soni so‘nggi uch yilda 7,7 barobarga kamaygan.
Ma’lumot o‘rnida, viloyatda joriy o‘quv yilida jami bitiruvchilar soni 96934 nafar bo‘lib, ulardan 11-sinf bitiruvchilari soni 42825 nafarni tashkil etadi. 11-sinf bitiruvchilarining 961 nafari oltin medal va 221 nafari kumush medal bilan tamomlashdi. 9-sinf bitiruvchilarining 2797 nafariga a’lo darajali shahodatnomalar berildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolalari muntazam kaltaklangani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi
O‘zbekiston | 19:19
-
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi
Jamiyat | 18:55
-
«Vladimir, to‘xta!» - Tramp Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida
Jahon | 18:50
-
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:14
Mavzuga oid

18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

18:00 / 01.04.2025
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi

14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?

10:51 / 30.11.2024