Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqörğon tumanidagi tuğuruqxonada şifokorlar aybi bilan homilador ayol vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lumot berdi.

Aniqlanişiça, 2022 yil 28 may kuni Kattaqörğon şahar, A.Navoiy köçasida yaşovçi fuqaro M.Ya. homiladorligi sababli Kattaqörğon şahar tibbiyot birlaşmasi tuğuruq bölimiga murojaat qilgan. Şu kuni tuğuruq bölimiga “Homiladorlik I, 38-39 hafta, 1-tuğruq (33 yoş), tuğuruqning I davri, gestatsion anemiya yengil darajasi” taşxisi bilan yotqizilib, kuzatuvga olingan.

Şundan söng “Homila çanoq boş disproporsiyasi. Homilaning noaniq holati” taşxisi qöyilib, hayotiy körsatma sababli 29 may kuni keç soat 2:00 da homilador ayolning yaqin qarindoşlari roziligi bilan kesarça – kesiş operatsiyasi ötkazilgan. Öğil homila operativ yöl bilan tuğdirilgan. Ona va bolaning ahvoli yaxşi bölib, operatsiyadan söng tuğuruq bölimida kuzatuvda bölgan.

6 iyun kuni soat 15:10 da bemor M.Ya. Kattaqörğon şahar tibbiyot birlaşmasi jonlantiriş bölimida “Ilk çilla davri. Kesar-kesiş operatsiyasidan keyingi holat. Ötkir öpka-yurak yetişmovçiligi. Poliorgan yetişmovçiligi” taşxisi bilan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 6 iyun kuni Kattaqörğon şahar prokuraturasi tergovçisi va tezkor tergov guruhi a’zolari hodisa joyiga çiqib, hodisa joyini közdan keçirişgan va M.Ya.ning ölimi sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga xizmat tekşiruvi tayinlanib, işga aloqador şaxslardan tuşuntiriş xatlari olingan.

Uşbu holat yuzasidan şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.