Universitet Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan talab yuqori bölgan IT-mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida taşkil etilgan. Şartnoma narxi xususiy universitetlarga qaraganda ança past.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriği hamda (“IT-PARK UNIVERSITY” raqamli universitetini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida) VMQ №297ga muvofiq 01.06.2022 yilda Özbekistonda birinçi onlayn IT Park University taşkil etildi. Yangi formatdagi universitetning asosçilari IT Park va dasturiy ta’minotni işlab çiqişda dunyoda yetakçilardan biri bölgan EPAM taşkilotlaridir. Endi butun respublikadan talabalar Toşkentga keliş ehtiyojisiz talab yuqori bölgan IT mutaxassisligiga ega bölişlari mumkin.

Ta’lim asosan onlayn va qisman oflayn tarzda olib boriladi

Ta’lim gibrid şaklda, asosan, onlayn tarzda olib boriladi. Endi siz uyda hamda IT Park’ning poytaxt yoki 14 ta hududiy bölinmalarida ham ta’lim oliş imkoniyatiga ega bölasiz. Bakalavr dasturi davomiyligi — 3 yil. Talabalarda yuzaga kelayotgan savollarga javob topişda Toşkent şahri hamda barça hududlarda faoliyat yurituvçi kuratorlar yordam berib boradilar. Batafsil ma’lumotlarni universitetning Telegram-botidan oliş mumkin.

Öqişga kiriş uçun yagona imtihon

Asosiy ta’lim tili – ingliz tili. Öqişga kiriş uçun ingliz tilini biliş darajasini tasdiqlovçi 4,5 balldan kam bölmagan IELTS yoki 42 balldan kam bölmagan TOEFL amaldagi sertifikatlarini taqdim etiş yoki havola orqali röyxatdan ötgan holda, Toşkent şahri, viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan test markazlaridan birida test sinovlaridan ötiş lozim. Imtihon narxi 150 000 sömni taşkil etadi.

Talab qilinadigan bilim darajasi – Intermediate (“CEFR B1”). Birinçi kurs dasturi ingliz tilini jadal örganişga qaratilgan bölib, bu kelajakda talabalarga öquv materiallarini osongina örganişlari va xalqaro jamoalarga qöşilişlariga imkon yaratadi.

Öqituvçilar – amaliyotçi IT mutaxassislari

Universitet professor-öqituvçilari turli mamlakatlarning xalqaro kompaniyalarini yetakçi amaliyotçi-muhandislaridan, şuningdek, mahalliy IT-mutaxassislaridan iborat. Ular tayyorlagan öquv materiallari dunyodagi eng yirik yuqori texnologiyali kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan joriy tendensiyalar va yeçimlar asosida tayyorlangan.