Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ikki bola noma’lum kasallikdan vafot etdi
6 yoshli qizaloq bir necha kun avval vafot etgan 4 yoshli bolaning amakivachchasi bo‘lib, ular bir hovlida yashashgan. Shifokorlar ularning dardiga tashxis qo‘ya olmagan.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yana bir bola noma’lum kasallikdan vafot etdi. U 2022 yil 20 iyun kuni noma’lum kasallikdan vafot etgan 4 yoshli bolaning 6 yoshli amakivachchasidir. Qizaloq so‘nggi kunlarda og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, shifokorlar ahvoli og‘ir bo‘lgan bolani bir necha kun davomida tekshirib, u qanday dardga chalinganini aniqlay olmagan. Shuningdek, Samarqand shahridan yordamga chaqirilgan shifokorlar ham bolaga aniq tashxis qo‘ya olmagan.
Oradan bir kun o‘tib, bola bilan bir hovlida yashagan uning amakivachchasi, 6 yoshli qizaloqning ham mazasi qochgan va u ham tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qarindoshlarining xabar berishicha, 23 iyun kuni tunda 6 yoshli qizcha ham vafot etgan.
G‘uzorda 4 yoshli bolaning noma’lum kasallikdan vafot etgani yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, vazirlik tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgan.
«Mazkur holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holatni o‘z nazoratiga olgan. O‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi», deyiladi SSV munosabatida.
Mavzuga oid
21:49 / 25.03.2026
“Oqsil bilan stomatitning farqiga borishmayapti” – vodiyda qoramollar kasallanishi haqida
19:20 / 16.03.2026
Kasallanganlarning o‘lim ko‘rsatkichi 90 foizgacha yetishi mumkin: insoniyatni xavotirda ushlab turgan 10 ta virus
12:17 / 13.03.2026
Ayol jigarining yarmini eriga berdi
12:31 / 03.03.2026