Qoraqalpoğistonning Çimboy tumani yoşlari örtasida ötkazilgan “IT bilimdoni” tanlovi ğolib va sovrindorlari qanday taqdirlangani muhokamalarga sabab bölgaç, vaziyatga Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev aralaşdi.

“Bu tadbirga haqiqatan ham yuqori darajada tayyorgarlik körilmagan. Tumandagi mas’ullarimiz ğoliblarga noutbuk sumkasi, klaviatura va “udlinitel” sovğa qilişgan. Hozir rasmiylar bilan gaplaşdik, hamma ğoliblarimizga yangi kompyuterlar yetib boradi.
Hamkasblarimizdan, tizimdagilardan sörardimki, davlatning misqollab yiğadigan obrösini mana şunaqa mayda, kiçik xatolar bilan yöq qiliş kerak emas. Xalqning kayfiyati, yoşlarning kayfiyati uçun bu juda ham muhim. Şuning uçun har doim şunaqa tadbirlarga professional yondaşişimizni sörardim”, – deya audioyozuv qoldirdi Sa’dullayev Telegram'dagi kanalida.

U yoşlarga noutbuklar berilayotgani suratlarini taqdim etarkan, şunday izoh qoldirdi:
“Yoşlarimiz bu holatdan tuşkunlikka tuşmasliklarini sörab qolamiz. Bilimli yoşlarimizni hamişa qöllab-quvvatlaymiz!”

















