Aniqlanişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda «Töpalang» gidro elektr stansiyasi agregat uskunalari joylaşgan bino suv toşqini ostida qolgani aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan skrinşot
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan skrinşot

Tarqalgan videolarda ertalab soat 8:14 da suv bosişidan vahimaga tuşgan sariosiyoliklar öz yaşab turgan manzillarini tark eta boşlagani tasvirlangan. Ma’lumotlarga köra, odamlar baland toğda yaşovçi qarindoşlarinikiga, boşqalari qöşni tuman va viloyatlarga yöl olişgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan skrinşot
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan skrinşot

Voqeadan köp ötmasdan, ertalab soat 10:30 lar atrofida mas’ullar odamlarni tinçlantirib, vaziyat yuzasidan çiqiş qilişdi. «Töpalang GeS» unitar korxonasi direktori Asror Uluğov suv omborida hammasi joyida ekanini aytdi. 

«Odatdagidek nazorat-ölçov işlari olib borilmoqda. Suv omborida heç qanday xatarli holat bölgani yöq. Suv omboridan Töpalang daryosiga suvning quyilişi soniyasiga 600 metr kub hajmga möljallangan. Hozirgi kunda suv omboridan daryoga soniyasiga 160 metr kub suv taşlanmoqda. Heç qanday vahimaga hojat yöq», — dedi Asror Uluğov.

Asror Uluğov va podpolkovnik Rahmonov

«Töpalang GES»da sodir bölgan holat yuzasidan stansiya rahbari şunday dedi: «Suvning çiqişi 1–1,5 soat içida bartaraf etiladi. Sizlarga yana qöşimça ma’lumot uzatamiz».

Mutaxassisning aytişiça, Töpalang suv ombori siğimi 500 million metr kub bölib, ayni kunda 378 million metr kub suv jamğarilgan.