Toşkent vaqti bilan 26 iyun tongida özbekistonlik boksçi Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi 11-jangini ötkazdi.
Ikkinçi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblangan Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) Amerikaning Texas ştatida Matchroom tomonidan taşkil etilgan turnirda amerikalik Ronni Riosga (33-4-0, 16 KO) qarşi ringga kötarildi.
Jang özbekistonlik boksçining ustunligi ostida ötdi. 12-raund davomida özbekistonlik çarm qölqop ustasining avvaliga raqibning tana qismiga, keyinçalik boş qismiga bergan kuçli zarbalaridan söng raqib polga quladi, ammo jangni davom ettirdi. Murodjon esa hujumni töxtatmasdan oldinga bordi va uning navbatdagi ketma-ket zarbalaridan söng referi jangni töxtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Murodjon çempionlik kamarlarini 3-bor himoya qilişga muvaffaq böldi, bu himoya janglarining ikkitasida raqib muddatidan oldin mağlub etild.
Eslatib ötamiz, Ahmadaliyev oxirgi jangini 2021 yilning 19 noyabr kuni Xose Velaskesga qarşi ötkazib, oçkolar hisobida ustun kelgandi.

















