Şavkat Mirziyoyev 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yölladi. Tabrik Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Qadrli döstlar!
Avvalo, siz, azizlarni, soha rivojiga bugun ham munosib hissa qöşib kelayotgan muhtaram faxriylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan çin qalbimdan muborakbod etib, barçangizga özimning yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor qilaman.
Biz ommaviy axborot vositalari xodimlari timsolida özining çuqur bilim va tajribasi, noyob iste’dod va mahoratini xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaş, mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, odamlarning ong-u tafakkurini yuksaltiriş, jamiyatimizda oçiqlik va oşkoralik muhitini mustahkamlaş, global axborot makonida milliy manfaatlarimizni himoya qilişdek oliyjanob işlarga bağişlagan jonkuyar va zahmatkaş insonlarni köramiz.
Jonajon Özbekistonimiz öz taraqqiyotining yangi va muhim bosqiçiga qadam qöyayotgan hozirgi davrda media sohasi vakillari – jurnalist va muharrirlar, rejissyor va operatorlar, blogerlar, tele-radio kanallar, gazeta va jurnallar, naşriyot va bosmaxona xodimlari Vatanimizning demokratik qiyofasini şakllantiriş, uni dunyoga tarannum etişga beqiyos hissa qöşib kelayotganini el-yurtimiz yaxşi biladi va yuksak qadrlaydi.
Muhtaram yurtdoşlar!
Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini xalq bilan muloqotning işonçli köprigiga aylantiriş, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, soğlom raqobatni rivojlantiriş, media tarmoqlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ustoz-şogird an’analarini kuçaytiriş, soha xodimlarining maşaqqatli mehnatini munosib rağbatlantiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Ana şunday yuksak e’tibor tufayli yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni 2016 yilga nisbatan qariyb 30 foizga ortib, 1962 taga yetgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, xususiy media vositalari hayotimizdan keng örin egallab borayotgani jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligini ta’minlaşda, tub islohotlarni amalga oşirişda, joylarda yöl qöyilayotgan kamçilik va muammolarni dadil kötarib çiqişda muhim omil bölmoqda.
Bu haqda söz yuritganda, televideniye va Internet tarmoğini integratsiya qiliş maqsadida zamonaviy internet platformasi va uning mobil ilovasi taşkil etilgani, milliy axborot makonimizda internet naşrlarining soni sönggi 6 yilda salkam ikki barobar köpayib, 677 taga yetganini alohida ta’kidlaş lozim.

















