Örmon yonğinlari munosabati bilan butun Yoqutiston böylab mintaqaviy xususiyatga ega favqulodda holat rejimi joriy etildi. Tegişli farmonni 28 iyun, seşanba kuni respublika rahbari Aysen Nikolayev imzoladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga köra, ötgan sutka davomida Yoqutiston örmonlarida yonğinlar soni ikki baravar köpaygan. Viloyatda 60 ta örmon yonğini qayd etilgan. Yonğin bilan qoplangan hududlarning umumiy maydoni 55,5 ming gektardan oşadi. Yonğinlarni öçirişga 772 kişi, 35 dona texnika jalb etilgan. Respublika Ekologiya vazirligi ma’lumotlariga köra, «Avialesooxrana» federal xizmatining yana 160 nafar paraşyutçi-desantçisi yaqin kunlarda Yoqutistonga yetib keladi. 

Joriy yilda ilk örmon yonğinlari Yoqutiston hududida may oyi örtalarida qayd etildi, deb xabar beradi «Interfaks» axborot agentligi. 2021 yilda respublikada mavsum boşidan buyon qayd etilgan barça yonğinlar maydoni sönggi ön yildagi rekord körsatkiçdan oşib, qariyb 8,5 million gektarni taşkil etdi. Bu yil ob-havo ma’lumotlariga köra, viloyatda yana jazirama yoz kutilmoqda.