Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, viloyatning ikkita hududida IIB boşliqlari özgargan.

Jumladan, Içki işlar vazirining tegişli buyruği bilan mayor Xoliqov Öktam Salimoviç Jomboy tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgaça O‘.Xoliqov Samarqand tumani IIB boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, Içki işlar vazirining tegişli buyruği bilan podpolkovnik Islomov Ğulom Barotoviç Kattaqörğon şahar IIB boşliği lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgaça Ğ.Islomov Toyloq tumani IIB boşliğining 1-örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Narpay, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Samarqand şahar IIBlariga yangi rahbarlar tayinlangandi.
















