Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Facebook’dagi sahifasida uy-joy böyiça konstitutsiyaviy kafolatning huquqiy asosini miridan sirigaça belgilab beradigan “Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolangani, uşbu hujjat xalqimizni köp yillardan buyon qiynab kelgan muammolarga barham berişi haqida yozdi.
“Yer uçastkalarini jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişiga asos böladigan maqsadlarning tugal röyxati tasdiqlanmoqda. Endi qonunda belgilangan haqiqatan ham jamoat ehtiyoji bölgan 6 ta maqsaddan boşqa har qanday holatlarda yer uçastkalarini olib qöyişni jamoat ehtiyojlari uçun deb baholaş taqiqlandi.
Qonunning yana bir yutuği şundaki, yer uçastkasi jamoat ehtiyojlarini amalga oşiriş uçun boşqa çora bölmaganda – eng sönggi çora sifatidagina olib qöyilişi mumkin. Eng muhimi taşabbuskor yer uçastkasini olib qöyiş eng sönggi çora ekanini mahalliy kengaş va jamoatçilik oldida isbotlab berişi kerak böladi.
Endi “snos”ga tuşgan bino uçun kompensatsiya tölaşga zarur mablağ bölmasa, bunday taşabbus bilan çiqilmaydi, ya’ni “buzaveraylik-çi, kompensatsiya bir gap bölar” qabilidagi gaplar ketmaydi”, deydi Ruslanbek Davletov.
Adliya vaziriga köra, yer uçastkasini olib qöyiş taşabbusini ma’qullaşdan boşlab, uni olib qöyiş, olib qöyilgan yer uçastkasidagi köçmas mulklarni buzişgaça bölgan jarayonlarda uşbu masala mahalliy kengaş deputatlari tomonidan naqd 3 marotaba körib çiqiladi. Bunda Konstitutsiyaga kiritilayotgan mahalliy kengaş va hokimlik vakolatlari aniq ajratib qöyilayotganini inobatga olsak, taşabbuskorlarning buziş jarayonlarini “tezlaştirib” yuborişi borasida xavotirga örin qolmaydi.
“Qonunning eng asosiy prinsiplaridan biri bu jarayonning oçiqligidir, şunga monand ravişda huquq egalari bilan oçiq muhokama ötkazişdan boşlab, qolgan har qanday bosqiçda jarayonlar 100 foiz oçiq, ya’ni huquq egalari OAV, jamoatçilik iştirokida ötkazilişi belgilandi.
Huquq egasi bilan kelişuvga erişilmagan taqdirda, huquq egasini kelişuvni imzolaşga jismonan majbur qiliş maqsadida turar yoki noturar joyni suv, kanalizatsiya, elektr, aloqa (internet ham), issiqlik va gaz tarmoqlaridan uzib qöyişga, kirib çiqiş yölini tösib qöyişga yöl qöyilmaydi”, deydi u.
Ta’kidlanişiça, qonun bilan quyidagi huquqlar kompensatsiya qilib berilişi aniq qilib belgilab qöyilyapti:













