Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyloqda yashovchi kelinchakning jasadi kiyim ilgichga osilgan holda topildi
Hodisa yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz so‘roviga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 27 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toyloq tumani, Bog‘izag‘on mahallasi, Samarqand ko‘chasida yashagan 1991 yilda tug‘ilgan ayol G.I. o‘zining yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, G.I. Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan X.O. bilan 2019 yil yanvar oyida qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelgan. Turmushlari davomida ular 2 nafar farzand ko‘rishgan.
G.I.ning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha o‘lim sababini aniqlash maqsadida uning murdasi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshirish harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli idoralarga ham xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Toyloqda sodir bo‘lgan hodisa Samarqand viloyatida so‘nggi haftada ayollarning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq ikkinchi holat hisoblanadi. 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahridagi Bog‘bonlar mahallasida yashovchi 29 yoshli ayol sirka ichib o‘z joniga qasd qilgan va 27 iyun kuni shifoxonada vafot etgandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, 29 yoshli ayolning sirka ichib o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
19:53 / 02.02.2026