Mahkama e’lon qilgan xabarda aytilişiça, oliygohga öqişga qabul qilişda qonunçilik talablari buzilib, qabul jarayonlari şaffofligi ta’minlanmagan.

6 mingdan ortiq abituriyent ijodiy imtihon natijalari videotasvirlari saqlanmagan, ijodiy imtihon topşirgan 92 nafar abituriyent titul varaqalari yuritilmagan va yozma imtihonlar olinmagan, 77 ta abituriyent amaliy işlari şifrlanmasdan, maxfiyligi ta’minlanmagan holda qabul komissiyasi tomonidan baholangan.

Oqibatda, ijodiy imtihonlardan eng yuqori ball bilan öqişga qabul qilingan 132 nafar talabaning 27 foizi 1-semestr yakuni böyiça qoniqarsiz baho olgan.

Davlat qabul komissiyasi tomonidan institutga ikkinçi mutaxassislik böyiça kunduzgi ta’limga qabul qilişga ruxsat etilgan bölsa-da, sirtqi ta’limga ham ayrim talabalar qabul qilingan.

Bundan taşqari, institutning ştatlar jadvaliga 10 ta ştat birliklari ortiqça kiritilib, 327 mln söm asossiz sarflangan, haqiqatda ötilmagan 1588 soat darslari uçun 89 mln söm tölanib, budjet mablağlari talon-toroj qilingan.

Aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.