Qaşqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabariga köra 2022 yil 30 iyun kuni soat 10:50 larda Buxoro viloyati YPX inspektori IIV tasdiqlagan rejaga muvofiq, Qaşqadaryo viloyatidagi maxsus reyd tadbiriga jalb qilingan.
Xodim Qarşi tumani “Navoiy” MFY hududida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtda davlat raqami belgisi yeçilgan holatda harakatlanib kelayotgan “Nexia-3” maşinasiga töxtaş işorasini bergan.
Xabarda aytilişiça, haydovçi talabga böysunmasdan avtomaşinasining old tomoni bilan inspektorni urib yuborgan. Oqibatda xodim tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Huquqbuzar uşlangan, u Qarşi tumani “Navoiy” MFYda yaşovçi fuqaro ekani aytiladi. Holat Qarşi tumani prokuraturasi tomonidan örganilmoqda.
















