Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi 30 iyun kuni Parijda Luvr muzeyi hamda Arab dunyosi instituti bilan Özbekistonning madaniy va tarixiy merosiga bağişlangan ikkita yirik körgazma ötkaziş böyiça bitimlar imzoladi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Gender tengligini ta’minlaş böyiça komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.


“Özbekiston vohalari xazinalari. Karvon yöllari çorrahasida” körgazmasi 2022 yilning 24 noyabridan 2023 yilning 6 martiga qadar Luvr muzeyida bölib ötadi va u Özbekistonning Ipak yöli böylab III-XV asrlarga oid madaniy merosiga bağişlanadi. Uşbu körgazma uçun özbek va fransuz mutaxassislari Özbekiston muzeylaridagi 70 ga yaqin eksponatlarni maxsus restavratsiya qiladilar”, deb yozdi u öz telegram-kanalida.



Şuningdek, Saida Mirziyoyevaning ma’lumot berişiça, Arab dunyosi institutidagi "Samarqand sari yöl: Özbekiston jilolari va uluğvorligi" körgazmasi 2022 yilning 22 noyabrida oçilib, 2023 yilning 4 iyuniga qadar davom etadi. Unda Özbekistonning XIX-XX asrlarga aloqador boy moddiy madaniyati namoyiş etiladi.

















