Nukus şahrida bölib turgan Kun.uz muxbiri xabar berişiça, namoyişga çiqqanlar köçalarda avtomobillarga hujum qilişgan, ijtimoiy soha obektlariga ham ziyon yetkazişgan.

Umuman, bunday noroziliklar öz-özidan vujudga kelmaydi. Qanday davlatda yuz bermasin, bunday norozilik namoyişlari voqealarning keyinçalik puxta tahlil qilinişi asnosida ular destruktiv kuçlar tomonidan çetdan turib boşqarilişi, unga puxta tayyorgarlik körilişi — allaqaçon öz isbotini topib bölgan.

Qoraqalpoğistondagi voqealar ham juma kuni, juma namozi öqilgaç, jurnalist Davletmurat Tajimuratovning olomon oldida çiqiş qilgani, uning çiqişi messenjerlar orqali tarqatilganidan söng avj olgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Qoraqalpoğistondagi voqealarni xaspöşlaş ham osongina: xalq göyoki öz ozodligi uçun kuraşmoqda. Lekin Qoraqalpoğistonda 2 millionga yaqin inson istiqomat qiladi. Ularning barçasi bu namoyişlarda ilgari surilgan talablarni olqişlarmikan?

Qoraqalpoğistonliklarga, ayniqsa, qoraqalpoq xalqiga xorijdan turib Özbekistondan ajralib, mustaqil davlat bölişni tarğib qilib turuvçi, ayirmaçilikka doir taşviqot işlarini ançadan buyon olib borayotgan guruhlar borligi haqiqat. Ular keça yo bugun paydo bölgan emas. Ular Özbekistondagi tinçlik va osoyiştalikni körolmaydigan, bu yerda turli fitnalar çiqarib, vaziyatni hal etişda özining «beminnat yordam qöli»ni çözişga tayyor bölgan, yoinki dunyo hamjamiyati oldida Özbekistonning yuzini şuvut qilişga urinuvçi ayrim davlatlarning noğorasiga öynaşi ham haqiqat.

Holbuki, qariyb bir asrdirki, biror özbek qoraqalpoqning millatini pisanda qilgan emas, tilini yerga urgan emas, unga past nazar bilan boqqani yöq, yoki boşidan yo yelkasidan turtmagan. Bir nonni bölişib, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda keçirib kelyapmiz.

Adolat yuzasidan tan oliş kerak, Özbekiston tarkibida qoraqalpoq tili, madaniyati va qadriyatlari erkin rivojlanib kelmoqda. Bu borada biror tösiq qöyilgani yöq. Qaytaga ularni yuksaltiriş, butun Özbekistonniki bölişi, şunday his qilinişi uçun tinimsiz tarğib qilinadi.

Lekin bu ezgu işlarni nazar-pisand qilmaydiganlar albatta bor va ular payt poylab öz qabih niyatlarini amalga oşiriş, et va tirnoqqa aylanib ketgan ikki xalqni ajratiş payida bölib kelişadi.

Özingiz muşohada qiling: Nukus köçalaridan tarqalgan suratlarda olomon orasida bir-biridan teng uzoqlikda turli masofalarda joylaşgan qizil libosdagi provokatorlarni köriş mumkin. Ular odamlarni boşqariş, yoşlarni davlat kuçişlatar tizimi xodimlariga qarşi qayraş, vaziyatni junbişga keltiriş uçun avvaldan tayyorlangan emasmikin?