Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni özining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi Suma Çakrabartini qabul qildi.

Uçraşuvda 2022 — 2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarni davom ettiriş va natijadorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Maslahatçi Çakrabarti Özbekiston yetakçisi rahbarligida amalga oşirilayotgan keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini, şu jumladan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va raqobatbardoşligini oşiriş, jamiyat hayotining barça sohalarini transformatsiya qiliş va raqamlaştiriş, investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, kadrlarning yangi avlodini tayyorlaş borasidagi özgarişlarni yuksak baholadi.

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yangilanişlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqişga Özbekistonda boşlangan hamda demokratik prinsiplar va huquqiy normalarga töla mos holda, konstitutsiyaviy qurilişning ilğor milliy va xalqaro tajribasi asosida amalga oşirilayotgan Konstitutsiya islohoti xizmat qilişi ta’kidlandi.  

Suma Çakrabarti bundan buyon ham yangi ösiş nuqtalarini topiş va röyobga çiqarişda Özbekiston Hukumatiga kömaklaşişga bor sa’y-harakatini yönaltirişga tayyorligini bildirdi.

Eslatib ötamiz, Suma Çakrabarti Özbekiston prezidentining maslahatçisi etib tayinlanişidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.