5 iyul kuni Afğoniston hududidan Surxondaryo viloyati hududiga beşta snaryad uçib ötgan. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«2022 yil 5 iyul kuni soat taxminan 16:20 atrofida Özbekistonning çegaraoldi hududiga katta ehtimol bilan Afğoniston hududidan uçirilgan beşta reaktiv snaryadlar kelib tuşgani qayd etildi.

Şuni ta’kidlaş joizki, snaryadlar tuşganida portlaşlar yuz bermaganligi sababli insonlar nobud bölmagan va vayronagarçiliklar yuz bermagan.

Termiz şahridagi «Majnuntol» mahallasida joylaşgan 4 ta uy-joyga unça yirik bölmagan ziyon yetgan, beşinçi snaryad esa futbol maydonidan topilgan. Aniqlangan snaryadlar sapyorlik bölinmalari tomonidan zararsizlantirilgan», deyiladi xabarda.

Hozirda Özbekistonning vakolatli organlari Afğoniston tomoni bilan birgalikda uşbu hodisa sabablarini aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib ötamiz, aprel oyining ikkinçi yarmida Afğoniston şimolidan turib Özbekistonning Termiz şahri atrofidagi hududlarga snaryadlar uçirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.