6 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida Mass-media fondi raisi Komil Allamjonovning unga nisbatan Uzmetronom saytida tuhmat qilinganiga oid da’vosi yuzasidan ikkinçi sud majlisi bölib ötdi. Bu haqda naşr öz saytida xabar berdi.
Sud majlisida naşr asosçisi, ayblanuvçi Sergey Yejkov mazkur jinoyat işi obekti bölgan ma’lumotlarni şu yil fevralda Eltuz manbasidan olib tarqatgani, bu jarayonda materialdagi iddaolarni yetarliça örganmaganini tan oldi.
Yejkov sud majlisida buning uçun Komil Allamjonovdan uzr söradi.
Allamjonov ayblanuvçi uzr söragani sabab öz arizasini qaytarib olişga qaror qildi.
“Maqsadim Sergey Yejkovni jazolaş emas, uning nohaq ekanligini isbotlaş edi. U buni tan oldi. Materialni tekşirmay berganini aytdi. Menga şu yetadi”, deya yozdi da’vogar öz Telegram-kanalida.
Majlis yakunida ikki taraf qöl siqib körişdi. Allamjonov Yejkov va uning advokatiga özi yozgan “Allamjonov aybdor” nomli kitobini sovğa qildi; sudlanuvçiga berilgan kitobga “Qadrli aka S.A. Yejkovga, sud zalidan esdalik” deya dastxat yozilgan.
“Bir narsani unutmaslik kerak. Söz erkinligi bu – mas’uliyat, ya’ni har bir gapga javob beriş degani. Va har qanday bahsli holatlar özaro kelişuv yoki sud orqali bölişi kerak. Işoning, bu “podval”dagi söroqlardan, turli noqonuniy çaqiruv va qönğiroqlardan ming marta töğri va ta’sirliroq. Barça demokratik jamiyatlarda aynan şunday”, deya kanalida yozdi Komil Allamjonov.
Eslatib ötamiz, Uzmetronom'da “Brilliant bola” sarlavhasi bilan çiqqan materialda Komil Allamjonov göyoki Özbekistonga 4,2 mln dollarlik taqinçoqlarni bojsiz olib kirişda şerik bölgani iddao qilingan.
Avvalroq bu ma’lumotning birlamçi manbasi – xorijdagi Eltuz tahririyati ham Allamjonovdan uzr sörab, Germaniya qonunçiligi asosida jarima tölaşga tayyorligini bildirgandi

















