Andijonning Qörğontepa tumanida bir guruh fuqarolar fast-fuddan zaharlangani, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi. SSV matbuot xizmati zaharlangan bemorlar salomatligi va sanitariya holati nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Vazirlik axborotiga köra, Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida ovqatdan zaharlaniş taşxisi bilan jami 37 nafar bemor nazoratga olingan va yuqumli kasalliklar bölimiga davolaniş uçun yotqizilgan.

Ulardan 17 nafarida qayt qiliş, iç ketişi, tana harorati kötarilişi kabi kasallikning klinik belgilari namoyon bölgan. Qolgan 20 nafarida esa biroz holsizlik va köngil aynişi kuzatilgan va ambulator ravişda davo muolajalarini oliş uçun hududiy poliklinika nazoratiga yuborilgan.

Ayni paytda şifoxonada davolanayotgan 17 nafar bemorning holati barqaror. Ularda belgilangan standartlar böyiça davo muolajalari davom ettirilyapti.

Taomdan zaharlanganlarning barçasi Qörğontepa tumani markazida joylaşgan Fresh food nomli ovqatlaniş şoxobçasida fast-fud iste’mol qilgani aniqlandi.

Zudlik bilan bu korxonaga qaraşli 3 ta ovqatlaniş şoxobçasi faoliyati vaqtinça töxtatildi. Taom tayyorlaş xonasi va omborxonadagi mahsulotlardan namuna olinib, Qörğontepa tumani sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratoriyasiga tekşiriş uçun yuborilgan.