2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi.
Bu haqdagi prezident qaroriga asosan, 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va bu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari:
- litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
- majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;
- o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.
“Davlatimiz rahbari avval aytganidek, joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar bo‘yicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, deya qarorga izoh berdi prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov.











