Joze Eduardu duş Santuş 1942 yilda Angola poytaxti Luanda şahrida tuğilgan. Maktabni tamomlagan zahoti siyosatga kirib kelgan. Angolani Portugaliya mustamlakasidan ozod qiliş xalq harakatiga (Mehnat partiyasi, MPLA) a’zo bölib, partizanlik qilgan.
1963—1969 yillarda Ozarboyjon neft va ximiya institutida öqigan.
1970—1974 yillarda Angoladagi fuqarolar uruşida iştirok etgan.
1975 yilda Angola mustaqillikni qölga kiritgaç, taşqi işlar vaziri lavozimida işlagan.
1979 yilda Angolaning birinçi prezidenti Agostino Neto vafot etgaç, uning örnini egallagan.
Davlat rahbari sifatidagi 38 yillik faoliyatida köplab siyosiy raqiblarini yöq qilgan. Mamlakatning yirik moliyaviy-iqtisodiy aktivlarini nazorat qilişda, keng miqyosdagi korrupsiyada, hokimiyatni suiiste’mol qilişda köp bora ayblangan.
Duş Santuş köp yillar davomida SSSR tomonidan harbiy, siyosiy va moddiy tomondan qöllab-quvvatlangan. 1990 yilda marksizm-leninizm ğoyasidan voz keçib, mamlakatda köppartiyaviy va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizimni joriy qilgan.
2016 yilda navbatdagi prezident saylovida iştirok etmasligini e’lon qilgan. 2018 yilda lavozimini tark etgan. Prezidentlik saylovida Mudofaa vaziri Juan Lorensu ğalaba qozongan.
Joze Eduardu duş Santuş sönggi paytda oğir xastalikka çalinib, Ispaniyada davolanayotgan edi.

















