Videodan körinişiça, muhojir yigit noinsoniy harakat qilgan xodimga javob qaytarmagan, patent oliş uçun zarur biometrik ma’lumotlarni xotirjam tarzda taqdim etgan.

Videoni e’lon qilgan Mash resursining voqea guvohlariga tayanib yozişiça, bu – xuddi şu migratsiya xodimining çet el fuqarolariga birinçi marta salbiy munosabatda bölişi emas.

Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining ma’lum qilişiça, videodagi hodisa 28 iyunda, Voronej şahridagi migratsiya markazida röy bergan. Voqeani Özbekiston fuqarosi M.I. tasvirga olgan va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakiliga 1 iyulda taqdim etgan.

Şundan keyin Özbekistonning Moskva şahridagi Boş konsulxonasi bilan hamkorlikda videodagi fuqaro şaxsi aniqlaştirilib, 4 iyulda uçraşuv taşkil etilgan. Uçraşuvda fuqaro A.Ğ. 2022 yil 1 iyunda işlaş maqsadida Voronej şahriga borgani, hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun 28 iyunda Migratsiya markazida barmoq izlari topşiriş jarayonida mas’ul xodim tomonidan kuç işlatilgani va soğliğidan şikoyati yöqligini ma’lum qilgan.

Hodisa batafsil örganilib, qöşimça ma’lumotlar bilan tegişli organlarga nota kiritilgan.

Ma’lumot örnida, kuni keça – 5 iyulda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin Moskvada uçraşuv ötkazdi.

“Özbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududiga mehnat migratsiyasi böyiça birinçi örinda turadi. 1 mln 800 mingdan ortiq [özbekistonlik] fuqaro Rossiyada işlayapti, ötgan yili ular vataniga 8 mlrd AQŞ dollari yuborişdi. Bu ham Rossiya iqtisodiyotiga, ham Özbekiston iqtisodiyotiga katta hissa”, – degan Vyaçeslav Volodin özbekistonlik hamkasbi bilan uçraşuvda.

Ötgan yili Tomskda migratsiya xizmati xodimi Özbekiston fuqarosini kaltaklagan, keyinçalik unga nisbatan jinoiy iş qözğatilgandi