Senat yigirma sakkizinçi yalpi majlisida muhokama qilingan yangi tahrirdagi “Soliq maslahatiga oid faoliyat töğrisida”gi qonun soliq maslahatçilari institutini şakllantiriş, soliq maslahati sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soliş va soliq tölovçilarga malakali soliq maslahati xizmatlari körsatilişini ta’minlaş tizimni yaratişga qaratilgan.
Qonun bilan soliq maslahati sohasini tartibga soliş vakolati jamoatçilik taşkiloti bölgan Soliq maslahatçilari palatasiga ötkazilmoqda.
Soliq maslahatçilari palatasi soliq maslahati sohasida faoliyatni rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş böyiça funksiyalarni bajaradigan, soliq maslahatçilari, soliq maslahatçilari taşkilotlarining ixtiyoriy a’zoligi asosida taşkil etiladigan kasbiy birlaşmasi hisoblanişi belgilangan.
Moliya vazirligining soliq maslahatçisi malaka sertifikatini beriş, qayta rasmiylaştiriş, uning amal qilişini tugatiş, soliq maslahatçilari kasbiy darajasini rivojlantiriş kabi asosiy funksiyalari Soliq maslahatçilari palatasiga ötkazilmoqda.
Qonunda yillik tovar aylanmasi oxirgi 3 yil mobaynida 1 mlrd sömgaça bölgan soliq tölovçilar ixtiyoriy tugatilganda soliq maslahatçilar tomonidan soliqlar böyiça berilgan xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinişi közda tutilgan.
Soliq maslahatçisi advokatlik tuzilmalari, auditorlik taşkilotlari, buxgalteriya hisobini yuritiş böyiça xizmatlar körsatuvçi boşqa yuridik şaxslarning ştatida, şuningdek, davlat organlarida asosiy iş joyi böyiça işlaydigan soliq maslahatçilariga malaka sertifikati amal qilişi tugatilmasligi körsatilgan.
Qonun bilan soliq maslahati xizmati turlari kengaytirilmoqda va soliq maslahatçilariga bir qator huquqlar berilmoqda. Soliq maslahatiga oid xulosani sudlarda va huquqni muhofaza qiluvçi organlarda soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan boğliq bölgan işlarni körib çiqiş çoğida asos sifatida taqdim etiş huquqi berilmoqda.
Soliq maslahatçilari taşkiloti soliq maslahati böyiça xizmatlar bilan bir qatorda eksport-import operatsiyalarini amalga oşiriş böyiça konsalting xizmatlari, investitsiya loyihalarini tahlil qiliş, ekspertizadan ötkaziş va monitoring qiliş kabi xizmatlarni körsatişi mumkin.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

















