Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruşi boşlanganidan beri Yevropa ittifoqi davlatlari rus oligarxlarining taxminan 13,8 mlrd yevroga teng bölgan haşamatli yaxtalari, köçmas mulklari va boşqa aktivlarini muzlatib qöydi. Oligarxlar va sanksiyalarga duçor bölgan taşkilotlar endi ulardan foydalaniş imkoniga ega emas, dedi Yevropa ittifoqining adliya böyiça komissari Dide Reynders 12 iyul, seşanba kuni Pragada bölib ötgan YeI yiğilişi çoğida. 

Şu bilan birga, dpa agentligi xabar berişiça, u muzlatilgan aktivlarning aksariyati - 12 mlrd yevrodan ortiği - faqat beşta a’zo davlat hududiga töğri kelişiga e’tibor qaratdi. Belgiyalik siyosatçi bu mamlakatlarni oçiqlaşdan boş tortdi va faqat ittifoqning boşqa davlatlari ham şunday qilişlari kerakligini aytdi. 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri Yevropa ittifoqi bir qator rossiyalik oligarxlarni uruşni qöllab-quvvatlaganlikda ayblab, sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Mart oyi boşida oligarxlar aktivlarini qidirişda a’zo davlatlar örtasidagi hamkorlikni yaxşilaş uçun Yevropa ittifoqining maxsus bölinmasi taşkil etilgan edi. 

May oyi oxirida Yevrokomissiya oligarxlar va sanksiyalar röyxatidagi boşqa şaxslar sanksiyalarni çetlab ötişga harakat qilsa, qoidalarni kuçaytirişni taklif qildi. Bunday holda ularning mol-mulki musodara qilinişi mumkin. Yevropa ittifoqi davlatlari allaqaçon bu taklifni ma’qullagan. Bundan taşqari, muzlatilgan aktivlardan uruşda vayron bölgan Ukrainani tiklaş uçun foydalaniş imkoniyati körib çiqilmoqda.