Şunga köra, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va tizim korxonalari tomonidan öz ehtiyoji uçun sarflanayotgan energiya iste’moli hisob-kitob qilinib, sohaga zamonaviy texnologiyalar asosida muqobil energiya uskunalaridan keng foydalanişni yölga qöyiş böyiça aniq çora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Jamiyat tarkibidagi “Özbekenergota’mir” AJ tomonidan sanoat kooperatsiyasi asosida 200 litr siğimga ega quyoş suv isitkiçlarini mahalliy şaroitda raqobatbardoş narxlarda işlab çiqariş yölga qöyildi.

Mahsulotning afzalligi şundaki, u bozorda taklif etilayotgan 20 ta quvurli quyoş suv isitkiçlaridan farqli bölib, 24 ta quvur bilan jihozlangan. Bu esa qisqa vaqt içida 200 litr suvni isitiş imkonini beradi. Mahsulot narx borasida ham arzonligi bilan ajralib turadi. Mutaxassislarning bildirişiça, savdoda mavjud bölgan şu turdagi qurilma 15 yillik kafolatga ega bölsa, mahalliy mahsulot 20 yil davomida işonçli xizmat qiladi.

Birinçi bosqiçda, 15 ta quyoş suv isitkiçlari “Toşkent IEM” AJda örnatildi. “Sirdaryo IES” AJda 12 ta va “Tolimarjon IES” AJda yana 10 donasini örnatiş işlari olib borilmoqda. Ayni paytda tizimdagi barça korxonalarni jami 150 ga yaqin uşbu uskunalar bilan ta’minlaş rejalaştirilgan.

Kelgusida loyiha doirasida mahalliy budjet taşkilotlari va aholi uçun ham quyoş suv isitkiçlarini işlab çiqariş belgilangan. Ayni kunlarda mazkur isitkiçlarning bozor narxidan 5-10 foiz arzon qiymatda, aholining keng qatlami uçun möljallangan turini tayyorlaş hamda kredit yoki ssuda körinişida sotiş tartibini joriy etiş ustida iş olib borilmoqda.


















