Toşkent şahar hokimining “Toşkent şahri yöl-infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida quriliş, ta’mirlaş hamda obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Toşkent şahar hokimining quriliş, kommunikatsiyalarni rivojlantiriş, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari majmuasining, Toşkent şahar aholisining Toşkent şahri yöl-infratuzilmasini yaxşilaş töğrisidagi takliflariga binoan Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Şota Rustaveli köçasining “Grand Mir Hotel” mehmonxonasidan Yangi Sergeli köçasiga qadar 6,5 km qismini töliq rekonstruksiya qiliş, obodonlaştiriş, drenaj va suğoriş tizimini barpo etiş, yöl böyida piyodalar va velosipedçilar yölaklarini barpo etiş işlarini amalga oşiriş töğrisidagi takliflari ma’qullandi.

Obektda loyihalaş va quriliş, ta’mirlaş hamda obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş böyiça buyurtmaçi etib – Toşkent şahar hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilandi.

Toşkent şahar hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi:

  • obektda quriliş, ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari böyiça boş loyihaçi va pudrat taşkilotini örnatilgan tartibda aniqlaydi;
  • obektni quriliş, ta’mirlaş hamda obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş uçun Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi “Quriliş sohasiga oid yagona ma’muriy quriliş reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi 200-sonli qaroriga asosan Davlat xizmatlari körsatiş markazi tomonidan “Yagona darça” tamoyili böyiça ruxsatnomalar olinişini ta’minlaydi.

Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari, Toşkent şahar hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi:

obektda loyihalaş va quriliş, ta’mirlaş hamda obodonlaştiriş işlari uçun talab qilinadigan mablağni Toşkent şahar mahalliy budjetidan qoplaş şarti bilan tijorat banklaridan kreditlar jalb qiliş çoralarini köradi.

Şota Rustaveli köçasi — Toşkentning markaziy köçalaridan biri. U butun şahar böylab ötib, nomini uzunligi böyiça Şahrisabz, Navoiy (hozirda rekonstruksiya qilinayotgan) va Beruniy deb özgartiradi. Tramvay liniyasi demontaj qilingandan söng, u har bir yönalişda törtdan oltitagaça yölakka ega.