24−26 mart kunlari bölib ötgan Toşkent xalqaro investitsiya forumini taşkil etiş uçun kamida 15 mlrd söm mablağ sarflangani xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur xarajatlarning detallari muhokamalarga sabab bölmoqda.
15 mart kuni “Sky Evens” MÇJ hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi örtasida qariyb 7,3 mlrd sömlik şartnoma tuzilgan. Şartnomada forumni ötkaziş böyiça xizmat körsatiş, bir qança binolar ijarasi va umumiy ovqatlaniş xizmatlarini taşkil etiş közda tutilgan.



Tasdiqlangan röyxatda:
- bir porsiya malina 200 ming söm (QQS bilan qöşib hisoblaganda 230 ming söm, umumiy 100 porsiya – 23 mln söm);
- 1 porsiya qora ikra 6 mln 320 ming söm;
- 0,33 ml “Çortoq” mineral suvining bir donasi 36 800 söm (16 iyul holatiga 500 ml “Çortoq” mineral suvi Korzinka supermarketlarida 6490 sömdan sotilmoqda);
- 1,5 litrlik Sosa-sola, Pepsi va Sprite içimliklarining har bir donasi 32 200 söm (Toşkent şahridagi taxminiy çakana narxi 11 ming söm);
- “Viko” va “Soçnaya dolina” mevali şarbatlarining har bir donasi 48 300 sömdan (çakana bozor narxi 12-16 ming söm oraliğida) baholangan.
Forumning mart oyida bölganligini inobatga olsak, ba’zi mevalar narxi hozirgi narxlardan qimmat bölgan bölişi mumkin, ammo yuqoridagi içimlik narxlarining bahosi ötgan 4 oy davomida deyarli özgarmagan.
24 mart kuni Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va “Lyuks Taxi” MÇJ örtasida lyuks avtomobillar ijarasi böyiça 2 mlrd 53 mln sömlik şartnoma



















