Toşkent şahar hokimligi Rossiya Davlat dumasining mudofaa qömitasi raisi Vladimir Şamanov boşçiligidagi Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi jamoat taşkilotining 28 kişidan iborat delegatsiyasini qabul qilib, ular uçun 27,6 mln sömlik mehmondorçilik taşkil etgan.
Bu – Toşkentda birgina bir martalik keçki ovqat uçun sarf bölgan budjet mablağlari. Delegatsiya esa faqat Toşkentda emas, bir neçta viloyatlarda ham bölgan, hokimliklar ular uçun dasturxon yozişgan.

Toşkentdagi mehmondorçilik şahar hokimligi va «First Class» MÇJ örtasida tuzilgan şartnomaga muvofiq, 2021 yil 24 aprel kuni «Crystal garden» restoranida keçki ovqat tarzida bölib ötgan.


Keçki ovqatda iste’mol qilingan taomlar röyxatini qimmatligi böyiça assorti va dengiz mahsulotlaridan assorti 720 ming söm bilan boşqarib turibdi. Bu taomlarning har biridan ikkitadan buyurtma berilgan.
Şuningdek, mehmonlar uçun Chivas 12 viskisidan tayyorlangan, stakani 62 ming sömlik limonaddan jami 20ta, 385 ming sömlik «Royal Elite» aroğidan 6 dona buyurtma berilgan.

Restorandagi birgina keçki ovqat uçun şartnomaga asosan jami 27 mln 601 ming söm miqdoridagi budjet mablağlari işlatilgan.
Şunisi e’tiborga molikki, restorandagi mahsulotlar bozor narxidan ança qimmatga taqdim etilgan.
Jumladan, 15 dona «import» Coca-Cola içimligi 33 ming sömdan olingan. Bozorda uşbu içimlikning donasi qariyb 5500 sömdan taklif etiladi.

Restoranda 80 ming sömdan olingan Tarxun içimligining 0,5 litrlisini bozorda 13 ming sömdan, 1 litrlisini 16 ming sömdan topiş mumkin.


Şuningdek, Özbekistonda işlab çiqariladigan "Royal Elite" aroği Rossiyada turiga qarab 209 mingdan 285 ming sömgaça sotilişi ma’lum böldi. Restoranda bu içimlikdan 6 dona olingan bölib, buning uçun soliq tölovçilarning jami 2 mln 310 ming söm puli sarflangan.
Mehmondorçilik «Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi» delegatsiyasini qabul qiliş böyiça 21 aprel kungi Vazirlar Mahkamasining farmoyişiga asosan ötkazilgan. Farmoyişda taşrif uçun xarajatlarga davlat budjetidan pul ajratilişi körsatilgan.
Delegatsiya Özbekistonda 4 kun davomida (22-25 aprel) mehmon bölib, Toşkentdagi «City palace» mehmonxonasiga, ularni olib kelgan samolyot ekipaji esa «Wyndham» mehmonxonasiga joylaşgan.
Delegatsiya taşrifining ilk kunida mehmonlar uçun Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi nomidan «Versal» restoranida keçki ovqat taşkil etilgan.
Darvoqe, kasaba uyuşmalari federatsiyasining ham puli öziniki emas – bu pullar mehnatkaş xodimlarning iş haqidan uşlab qolinadigan pullardir.
Şuningdek, delegatsiya Toşkent şahridan taşqari Jizzax, Sirdaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlariga ham taşrif buyurgan va mehmonlar uçun uşbu viloyat hokimliklari nomidan keçki ovqat va tuşliklar taşkil etilgan.

Foto: Sirdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Sönggi vaqtlarda davlat taşkilotlari tomonidan haşamatli xarajatlar jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölmoqda.
Xususan, Mudofaa vazirligi tomonidan tilla ruçkalar xaridi, sud raislari va boşqa mansabdorlar uçun qimmatbaho xizmat avtomobillarining sotib olinişi budjetdan yoki budjetdan taşqari manbalardan amalga oşirilişidan qat’i nazar, jamoatçilik tomonidan keskin qoralanmoqda va xaridlarda kamtarlikka çaqirilmoqda.
Mavzuga doir:
«Budjetdan taşqari» işlatilayotgan pullar qomusimizning asosiy prinsiplariga zid — Behzod Hoşimov
Mudofaa vazirligi tilla ruçkalar xaridi böyiça rasmiy izoh berdi
Navoiy viloyati hokimligi 369 mln sömga Malibu sotib olmoqda. Bu – qonunçilikka zid
Surxondaryo viloyati hokimligi ham Skoda Kodiaq avtomobillarini sotib oldi












