Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda havo haroratining «qizil» darajali xavfi e’lon qilindi
Turkmanistonning asosiy qismida hafta o‘rtalariga qadar ob-havoning “qizil” darajali xavfi e’lon qilindi. Bu haqda meteorolog Erkin Abdulahatov xabar berdi.
Foto: METEOJURNAL
Qayd etilishicha, ushbu haftaning juma kuniga qadar, Turkmanistonning ko‘plab hududlarida 45-48 daraja issiq harorat bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur issiq havo to‘lqini uzoq muddat deyarli harakatsiz past bosimli o‘ta issiq havo oqimi ta’sirida yuz beradi. “Termik depressiya” deya nom olgan bu havo oqimi kelayotgan hafta O‘zbekiston ob-havosini ham belgilaydi.
Yangi haftaning juma kunlaridan boshlab, Markaziy Osiyo g‘arbiga Kavkaz, Volgabo‘yi hamda Kaspiy dengizi ustidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimining “bostirib” kelishi kutilmoqda.
Bunda, Turkmaniston shimoli g‘arbi, xususan, O‘zbekistonning shimolida ham yangi haftaning dam olish kunlari salqin ob-havo kuzatilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
14:24 / 16.03.2026