Bryusselda Albaniya va Şimoliy Makedoniya bilan Yevropa ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralar boşlanmoqda. «Har ikki davlat fuqarolari ham bunga loyiqdir», dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 19 iyul, seşanba kuni Albaniya va Şimoliy Makedoniya boş vazirlari Edi Rama va Dimitar Kovaçevski bilan qöşma matbuot anjumanida. 

Öz navbatida, Kovaçevski uning mamlakati YeIga a’zo bölişga tayyorligini va NATOga qanday integratsiyalaşgani kabi «Yevropa ittifoqiga ham erta integratsiyaning ijobiy namunasi bölişni» istaşini ta’kidladi. Albaniya boş vaziri fon der Lyayyenga, şuningdek, Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelga minnatdorçilik bildirdi. Ikkala nemis siyosatçisi ham Bolqon uçun «tinimsiz kuraşgan», deb tuşuntirdi Rama. 

Ayni paytda Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ikki davlat bilan muzokaralar boşlanişini nafaqat özlari, balki Ğarbiy Bolqon va butun Yevropa ittifoqi uçun ham ta’sir körsatadigan «katta yutuq» deb atadi. U Skope nomzodlik maqomini 17 yil avval olganini, öşandan beri köp işlar qilinganini esladi. 

«Biz buyuk geosiyosiy özgarişlar, tektonik özgarişlar davrida yaşayapmiz... Şubhasiz, tarix çorrahasida turibmiz va geostrategik muhitdagi özgarişlarning guvohi bölyapmiz, siz esa uning bir qismisiz», — dedi Borrel. Uning ta’kidlaşiça, yevropaliklar faqat «Ğarbiy Bolqon bilan Yevropa ittifoqiga töliq integratsiyalaşgan holda birga olğa siljişi» mumkin, bu ularsiz töliq bölmaydi. 

Bir neça kun avval Şimoliy Makedoniya hukumati Bolgariyaning Yevropa ittifoqiga a’zoligiga e’tirozlarini olib taşlaş uçun mamlakat konstitutsiyasiga özgartiriş kiritişga rozi böldi. Iyun oyi oxirida Bolgariya parlamenti Yevropa ittifoqi va Şimoliy Makedoniya örtasida muzokaralar boşlanişini ma’qulladi va şu bilan 2020 yilda Sofiya hukumati tomonidan örnatilgan blokadani bekor qildi, biroq Albaniyaning YeIga kirişi böyiça muzokaralarga tösqinlik qildi. 

Sofiya qarorida bir qator şartlar mavjud bölib, ular orasida Şimoliy Makedoniyadagi bolgarlar ozçiligining huquqlarini konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş orqali himoya qiliş, şuningdek, Skopening Bolgariya bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini saqlab qoliş majburiyati bor. Bu murosa hozirda Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Fransiya tomonidan taklif qilingan. 

Şimoliy Makedoniya 2005 yilda, Albaniya 2014 yilda Yevropa ittifoqiga nomzod maqomini oldi. Yevropa ittifoqiga a’zolik böyiça muzokaralar uzoq vaqtdan beri davom etmoqda, tomonlar atrof-muhit qonunçiligidan korrupsiyaga qarşi kuraşgaça bölgan 35 xil mavzuni muhokama qilmoqda.