Putin Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uç tomonlama uçraşuvda iştirok etadi, şuningdek, uşbu yetakçilarning har biri bilan alohida uçraşuvlar ötkazadi. U safari doirasida Eron diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy bilan beşinçi bor uçraşadi.
Şaxsini sir saqlaşni söragan turkiyalik amaldorlarga asoslangan naşrlarning yozişiça, Tehronda buğdoy eksporti, Suriya va Ukraina masalalari muhokama etiladi.
Putin Ukrainada uruş boşlangaç, xalqaro taşriflarini çeklab qöygandi. Iyun oyida u fevraldan buyon ilk taşrifini amalga oşirib, Tojikiston va Turkmanistonga kelgandi.
Sanksiyalarga könikiş
Ekspertlarning hisoblaşiça, mazkur taşrif köp yillar davomida Ğarb sanksiyalari ostida qolgan va Moskvaning kam sonli ittifoqçilaridan biri bölgan Eron bilan aloqalarni çuqurlaştiriş imkonini beradi.
Avvalroq Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov Rossiya va Eron sanksiyalarga könikkanini aytib ötdi. «Eron köp yillardan buyon u yoki bu turdagi sanksiyalar ostida bölib kelgan va Eron rivojlaniş, öz xalqi farovonligini oşirişga yaxşi moslaşgan», degan u.
Rossiya Ukrainadagi uruş boşlanişi ortidan qat’iy sanksiyalarga duçor böldi. Eron ham, Turkiya ham bunday sanksiyalarga qöşilmagan.
Keyingi haftada Ğarb davlatlari elçilari sanksiyalarning yangi paketini tasdiqlaş uçun yiğiladi. Bu vaqtda, Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning aytişiça, Moskva va Tehron yangi davlatlararo kelişuv loyihasi ustida işlamoqda.
Eron dronlari
Putin Eronga taşrifini Tehronning Rossiyaga yuzlab uçuvçisiz uçiş qurilmalari, jumladan, jangovar maqsadlarda qöllanadigan dronlar yetkazib berişni rejalaştirayotgani haqidagi xabarlar fonida amalga oşirmoqda. AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Rossiya delegatsiyasi ötgan oyda Eronga kelib zarbdor dronlar bilan tanişgani haqida aytgandi.
«Eron hukumati Rossiyani tezkor ravişda bir neça yuztagaça uçuvçisiz uçiş qurilmalari, jumladan, qurol olib yurişga qodir bölgan jangovar apparatlar bilan ta’minlaşga tayyorlanmoqda. Bizning ma’lumotlarimiz yana şuni körsatadiki, Eron rossiyalik harbiylarni bunday uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan foydalanişga örgatmoqçi», degan u.














