Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 18 iyul kuni fuqarolardan biri viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib pul evaziga iş staji böyiça «yordam bermoqçi» bölgan şaxsga çora körişni söragan.

Uning arizasiga köra, fuqaro nafaqaga çiqişi uçun pensiya jamğarmasi Samarqand şahar bölimiga borib, işlagan vaqtini hisoblatgan vaqtida, 1 yil-u 6 oy iş staji yetmagan. Şunda özini pensiya jamğarmasi Samarqand şahar bölimi boşliği örinbosari deb taniştirgan şaxs uning işonçiga kirib, yetmagan iş stajini soxtalaştiriş orqali töğrilaş va nafaqa rasmiylaştirib beriş evaziga 300 dollar talab qilgan.

Mazkur arizaga asosan, şu kuni viloyat IIB hamda DXX boşqarmasi va şahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Samarqand şahar bölimi binosida ötkazilgan tezkor tadbirda K.Ş. öz xizmat xonasida ariza muallifidan 300 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Şuningdek, fuqarolardan biri huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilib, pul evaziga öziga şahodatnoma olib bermoqçi bölgan şaxsga çora körişni söragan.

Fuqaroning arizasiga köra, u örta maxsus ma’lumotga ega böliş maqsadida öqişga kiriş tartibi bilan qiziqib yurgan vaqtida, Samarqand şahar XTBga qaraşli 8-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori örinbosari uning işonçiga kirib, 400 dollar evaziga 11 yillik ta’limni olganligi töğrisida şahodatnoma rasmiylaştirib berişini aytgan. Söng direktor örinbosari 100 dollarni olib, yana 300 dollar talab qilgan.

Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 4 iyul kuni viloyat IIB va şahar prokuraturasi xodimlari tomonidan 8-sonli maktab binosida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, D.Z. xizmat xonasida ariza muallifidan 300 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, har ikkala holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.