Bino va inşootlarning taşqi körinişini özgartirişni kelişiş tartibi töğrisida ma’lumot berildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida tegişli axborot e’lon qilindi.
Ariza beruvçi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki xizmatdan elektron şaklda foydalaniş uçun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da röyxatdan ötadi.
Bino va inşoot taşqi körinişini özgartirişni kelişiş uçun arizalar YaIDXP orqali dam oliş va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilişi mumkin.
Sörovnoma töldirilib, unga bino va inşoot fasadining elektron körinişdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.
Tuman (şahar) quriliş bölimlari (vakolatli organ)ga bino va inşootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bölsa), fasad va kadastr pasporti nusxasi elektron şaklda yuboriladi.
Vakolatli organ 5 iş kuni mobaynida joyiga borib bino va inşootning taşqi körinişini özgartiriş imkoniyatini örganib çiqadi.
Bino va inşoot taşqi körinişini özgartirişni kelişib bergan kunning özida kelişilgan loyiha eskizi elektron şaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvçiga YaIDXP orqali yuboriladi.
Tartib bino va inşoot hajmi va maydonini özgartirmasdan turib köça (köçalar)dan körinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (sokoli, quyoşdan himoyalaş elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peşayvoni, ayvonlari va şu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va ölçamlari özgartirilişiga tatbiq etiladi.
Bino va inşoot, yakka tartibdagi uy-joy taşqi körinişini özgartiriş böyiça agar bino va inşoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral köçalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bölgan avtomobil yöllari böylab joylaşgan hollarda fasad maydoni 25 foizidan ortiq qismidan qat’i nazar kelişiş talab etiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlar ma’muriy markazi bölmagan şaharçalarda, qişloq aholi punktlari (qişloq va ovullar)da hamda aholi punktlari taşqarisida joylaşgan bino va inşootlarning taşqi körinişini özgartiriş uçun kelişiş talab etilmaydi.
Xizmatni körsatiş muddati: 5 iş kunida. Xizmat narxi: BHMning 50 foizi miqdorida – 150 ming söm; Yagona portal orqali topşirilganda miqdor – 135 ming söm.

















