Petersberg iqlim muloqotiga mezbon bölgan Germaniya va Misr kuzda Misrning Şarm al-Şayx şahrida bölib ötadigan BMTning iqlim özgarişi böyiça konferensiyasida aniq natijalarga erişişga intilmoqda. Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 19 iyul, seşanba kuni Berlinda misrlik hamkasbi Sameh Şukri bilan ötkazgan qöşma matbuot anjumanida şunçaki söz emas, amalda iş qiliş zarurligini aytdi: «Biz iqlim inqirozini keyinga qoldira olmaymiz, şuning uçun biz iqlim inqiroziga qarşi kuraşişni ham keyinga qoldira olmaymiz», - deya ta’kidladi u.
Berbok, boşqa inqirozlar muhimroq körinsa ham, iqlim özgarişi masalasini unutmaslik kerakligini aytdi.
Şu bilan birga, nemis vaziri iqlim inqiroziga qarşi kuraşning turli konsepsiyalariga qarşi turişdan ogohlantirdi: hamma birlaşişi kerak, keyingi keçikişlar va murosaga yöl qöyib bölmaydi, dedi Annalena Berbok.
Sameh Şukri, şuningdek, şoşilinç çoralar köriş va heç bir davlat ortda qolmasligini ta’minlaş muhimligini ta’kidladi. U, şuningdek, iqlim özgarişidan ayniqsa jabrlangan mamlakatlarga köproq yordam berişga çaqirdi.
Petersberg muloqoti doirasidagi Berlin yiğilişi Şarm al-Şayxda bölib ötadigan Butunjahon iqlim konferensiyasiga tayyorgarlikning aniq masalalari va atrof-muhit muhofazasini kuçaytiriş çora-tadbirlariga bağişlandi. Unda 40 ga yaqin davlat vakillari iştirok etdi.
Bunday formatdagi birinçi iqlim forumi 2010 yilda öşa vaqtdagi kansler Angela Merkel taşabbusi bilan Bonn yaqinidagi Peterberg şahrida, bir yil avval BMTning Kopenhagendagi konferensiyasida iqlim böyiça global kelişuv böyiça muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan keyin ötkazilgan edi.

















