Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 6 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
O‘zbekiston importidagi yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3,3 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,8 mlrd dollar va 1,5 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Koreya – 1,3 mlrd;
- Turkiya – 839 mln;
- Germaniya – 517 mln;
- Turkmaniston – 326 mln;
- Hindiston – 309 mln;
- AQSh – 219 mln;
- Braziliya – 207 mln AQSh dollari.
Bundan tashqari, O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagicha:
- Xitoy – 1,3 mlrd;
- Rossiya – 1,2 mlrd;
- Turkiya – 908 mln;
- Qozog‘iston – 625 mln;
- Qirg‘iziston – 483 mln;
- Afg‘oniston – 365 mln;
- Tojikiston – 211 mln;
- Kanada – 104 mln;
- Turkmaniston – 92 mln;
- Eron – 88 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
09:49 / 26.05.2026