18:50 / 23.07.2022
15917

O‘zbekistonning janubiy hududi bo‘lgan Surxon diyoridagi nufuzli Termiz davlat universitetini shahar ichidagi shaharchaga qiyoslash mumkin

Foto: Termiz davlat universiteti matbuot xizmati

1954 yilda tashkil etilgan universitetda ayni vaqtda 25 ming nafardan ortiq talabalar tahsil oladi. Hozirda ta’lim muassasasida 14 ta fakultet, 43 ta kafedra, 57 ta bakalavriat, 29 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Ta’lim shakllari kunduzgi, sirtqi, kechki, ikkinchi oliy ta’lim, magistratura va doktoranturadan iborat.

Siz ham ushbu yoshlar safida bo‘lishni xohlaysizmi? Unda shoshiling.

Foto: Termiz davlat universiteti matbuot xizmati

Termiz davlat universitetida 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

Bakalavriat bosqichining kunduzgi ta’lim shaklida:

36 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 1785 ta shundan 445, ta davlat granti, 1340 ta to‘lov-kontrakt.

Sirtqi ta’lim shaklida:

10 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 475 ta to‘lov-kontrakt

Foto: Termiz davlat universiteti matbuot xizmati

Kechki ta’lim shaklida:

3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ¬ 75ta to‘lov-kontrakt asosida.

Shu bilan birgalikda, 32 ta mutaxassislik bo‘yicha magistratura bosqichida 179 ta davlat granti, 161 ta to‘lov-kontrakt asosida jami 340 nafar talabalar o‘qishga qabul qilinadi.

Hurmatli abituriyentlar o‘z bilimingizga ishonasizmi? Keling, safimizga qo‘shiling. Malakali o‘qituvchilardan bilim olib kelajagingizni biz bilan barpo eting.

Termiz davlat universiteti matbuot xizmati Ⓣ

Top