Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 4R-41 Ğallaorol-Ösmat avtomobil yölining Ğallaorol tumani Mirzabuloq mahallasi hududidan ötgan 1-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, viloyat IIBga noma’lum maşina yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborib, qoçib ketgani haqida xabar kelib tuşgan. Hodisa yuz bergan joyga zudlik bilan IIB xodimlari yetib borganida jabrlanuvçi Ğallaorol tumani Baxt mahallasida yaşovçi, 1953 yilda tuğilgan fuqaro ekani va u oğir tan jarohatlari olib vafot etgani oydinlaşadi.
Şundan söng viloyat böylab piyodani urib, qoçib ketgan haydovçiga qidiruv e’lon qilinadi. Olib borilgan suriştiruvlar davomida mazkur jinoyatni Zarbdor tumani Nurobod mahallasida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan şaxs öz boşqaruvidagi Nexia maşinasi bilan sodir etgani aniqlanadi.
Haydovçi avvaliga piyodani urib yuborganini tan olmaydi. Ammo maşina tekşirib körilganda uning old qismida zarba izlari borligi ma’lum böladi.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Ğallaorol tumani IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda Nexia maşinasi boşqaruvni yöqotib kanalga tuşib ketgan va oqibatda uning haydovçisi vafot etgandi.

















