Olimpiya öyinlari. Parij (Fransiya)
Suziş. Erkaklar. 4x100 metrga kompleks estafeta
1. Xitoy — 3.27,46
2. AQŞ — 3.28,01
3. Fransiya — 3.28,38

4x100 metrga kompleks estafeta AQŞ jamoasi uçun öylab topilgandek edi. 1960 yildan beri, Tokiodagi Olimpiadada ilk bor şu yönaliş böyiça bahslar ötkazilişi boşlanganidan buyon amerikalik suzuvçilar bu dasturda heç kimga yutqazişmagandi. Şundan buyon 16 bor Olimpiya öyinlari ötkazildi va amerikaliklar har safar ğalaba qozonişdi. Faqat 1980 yilgi Moskva olimpiadasida bu dasturda oltin medalni avstraliyalik suzuvçilar qölga kiritişgan, çunki öşanda Amerika delegatsiyasi turnirni boykot qilgan va unga taşrif buyurmagandi.

Va bu seriya 2024 yil 4 avgustga qadar davom etdi. Şu kuni esa Parijdagi «La Defens Arena»da keçgan musobaqaning oxirgi bosqiçida xitoylik Pan Janle möjiza körsatib, yuz metr masofani 46 soniyadan kamroq vaqtda suzib ötdi!

Pan Janle estafetani qabul qilib olganida xitoyliklar asosiy raqobatçilar AQŞ va Fransiya vakillaridan 0,7 soniyaga ortda qolayotgandi. Xitoy jamoasining yakunda ikkinçi örindagi amerikaliklardan ustunligi esa 0,55 soniyaga teng böldi. Buning barçasi xitoylik vunderkind öz çekiga tuşgan törtinçi bosqiçda yuz metrlik masofani 45,92 soniyada bosib ötişi evaziga böldi.

U bir neça kun oldin 100 m masofaga suziş bahslarida raqiblarini bir sekundga ortda qoldirgan holda (46,40) jahon rekordini örnatgandi.

Lekin Janle öz rekordini yangilay olmadi, çunki estafeta bahslarida faqat birinçi bosqiçdagi natijalar rekord hisobiga ötadi, u esa törtçi bosqiçda suvga tuşgandi. Bunga qadar estafetalardagi norasmiy rekord 2008 yilda oxirgi yuz metr masofaga 46,06 soniyada suzgan amerikalik Jyeyson Lezakka tegişli edi.

Janle ğalabali seriyasiga barham beriş orqali amerikaliklarni nokaut holatiga tuşirdi. Amerikalik va fransuz suzuvçilar çempionlarni olqişlaşdi, muxlislar esa huştakbozlik qilişdi.

Doping mojarosi

Suziş dunyosida XXR jamoasining bu muvaffaqiyatiga ikki xil qaralmoqda. Bir tomon uşbu törtlikning natijasidan hayratga tuşgan, boşqalar esa bu ğalabada dopingning ham hissasi borligini da’vo qilişmoqda. Ayniqsa, jamoada Tsin Xayyan borligi köpçilikning noroziligiga sabab bölmoqda. Öz vaqtida brass usulida suziş böyiça elita vakili hisoblangan, jahon çempioni va rekordçi bölgan uşbu sportçi 2021 yil Tokio Olimpiadasi arafasida qonidan trimetazedin moddasi topilgan 23 nafar xitoylik suzuvçilar orasida edi.