Buxoro viloyatida pedagogika kolleji direktori örinbosari fuqarodan 200 dollar pora olganda uşlandi. Bu haqda viloyat içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Vobkent tumani pedagogika kolleji direktori örinbosari şu tumanda yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan M.O. mazkur kollejning maktabgaça ta’lim fakulteti sirtqi yönalişiga imtihonlarsiz öqişga kiritiş evaziga pul söragani aniqlangan. Firibgarlik yöli bilan tumanning Gajdumak mahallasi Oqgul qişloğida joylaşgan kafeda fuqarodan kimyoviy işlov berilgan 200 dollarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan jinoyat ustida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















