Germaniya sobiq kansleri Gerhard Şryoder Moskvaga qaytdi. 25 iyul, duşanba kuni u Germaniyaning n-tv telekanali muxbiri Dirk Emmerixga şunday deb tuşuntirdi: «Men bu yerda bir neça kunlik ta’tildaman. Moskva gözal şahar». Rossiyaning «Rosneft» neft kompaniyasining qarorgohi yaqin yerda joylaşgani haqidagi gapga Şryoder hayrat bilan javob qaytardi: «Haqiqatan ham şundaymi? O, haqiqatan ham, siz haqsiz». May oyida Şryoder «Rosneft»dagi lavozimidan ketişga qaror qilib, «Gazprom» energetika kompaniyasi direktorlar kengaşiga kiriş taklifini qabul qilmasligini aytdi.
Şryoderning partiyadoşi, mehnat va ijtimoiy işlar vaziri Hubertus Hayl Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) sobiq rahbaridan yana bir bor uzoqlaşdi. «Men bu xatti-harakatni uzoq vaqtdan beri tuşunmayapman, ayniqsa hozirgi paytda», deya ma’lum qildi u RTL va n-tv telekanallariga bergan intervyusida. Uning sözlariga köra, Şryoderning xatti-harakatlari na Germaniya hukumati, na sotsial-demokratlar partiyasi siyosatiga aloqador emas. «Federal kansler idorasi Gerhard Şryoderning Moskvaga safarlarini taşkil qiliş bilan şuğullanmagan va şuğullanmaydi», deb ta’kidladi Hayl RTL hamda n-tv’ning tegişli savoliga javob berib.
1998-2005 yillarda Germaniya hukumatini boşqargan Gerhard Şryoder köp yillar davomida Rossiya davlat kompaniyalarida işlagani va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan döstligi uçun tanqid ostiga olingan. Rossiya tomonidan Ukrainada boşlangan tajovuzkor uruş fonida unga nisbatan bosim kuçaydi. Biroq, uruşning birinçi kunidayoq Germaniya hukumati sobiq rahbari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoraladi. «Uruş va u tufayli odamlarning azob-uqubat çekişiga tezroq barham beriş kerak. Bu Rossiya hukumati mas’uliyati», - deb yozgan Şryoder LinkedIn’da.
Ammo, Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi xabar qilişiça, Şryoder Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga qaramay, Putin bilan aloqada bölişni istaydi. Naşr ma’lumotiga köra, Şryoder Ukrainadagi mojaroni qurol yordamida hal qilişiga işonmasligini va bu davlatga qurol-yaroğ yetkazib berilişini tuşunmayotganini aytgan.
May oyi oxirida Şryoder sobiq kansler sifatida Germaniyada ma’lum imtiyozlardan mahrum böldi. Masalan, bundestagning budjet qömitasi uning ofisini yopişga qaror qildi, u 2021 yilning özida davlat ğaznasidan xodimlar xarajatlariga 400 ming yevrodan ortiq mablağ olgan. Şunga qaramay, 78 yoşli siyosatçi hamon şaxsiy himoya va pensiya oliş huquqiga ega.
GSDP hozirda Şryoderning partiyadan çiqarib yuborilişi ehtimolini tekşirmoqda. Bu masala böyiça qaror yaqin uç hafta içida qabul qilinişi mumkin.
















