PPX xodimlariga 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati beriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar tuzish vakolatlari hududiy ichki ishlar organlari rahbariyati, profilaktika inspektorlari va yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga berilgani sababli patrul-post xizmati xodimlari o‘zi aniqlagan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari yuzasidan huquqbuzarni majburiy tartibda ichki ishlar organiga yoki tayanch punktiga keltirib, bildirgi orqali vakolatli mansabdor shaxsga topshirishi amaliyoti joriy qilingan.
Qonun loyihasida ichki ishlar organlari mas’uliyatini oshirish, ularning xizmat samaradorligini kuchaytirish maqsadida ichki ishlar bo‘limlari (boshqarmalari) boshliqlari yoki boshliq o‘rinbosarlariga qo‘shimcha ravishda 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish, profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha ravishda 10 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish belgilab qo‘yilmoqda.
Patrul-post xizmati xodimlariga 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish, Milliy gvardiya organlari xodimlariga qo‘shimcha ravishda 13 turdagi ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish hamda 4 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berilishi nazarda tutilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi qabul qilinishi sohadagi munosabatlarni qonun bilan tartibga solinishiga xizmat qilishi aytilib, ushbu hujjat deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi
O‘zbekiston | 15:41
-
O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 15:10
-
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
Jamiyat | 14:59
-
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi
Jahon | 14:45
Mavzuga oid

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi

12:35 / 20.03.2025
Zargarlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi

14:43 / 01.03.2025