Komil Ismoiloviç Allamjonov Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining bu borada tegişli farmoni imzolandi.

Manbalarga köra, örinbosarlik lavozimi yangi taşkil etildi hamda Allamjonov endi jamoatçilik fikrini örganiş va axborot siyosatiga mas’ul böladi. Öz navbatida, Prezident administratsiyasi rahbarining örinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimi ham saqlab qolinadi.

Bungaça administratsiya rahbarining uç nafar örinbosari bor edi - birinçi örinbosar Aziz Mağrupov, örinbosar Alişerbek Payğamov hamda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Ma’lumot uçun, Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida Özbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari bölgan, 2018 yil noyabrida Özbekiston matbuot va axborot agentligiga rahbar bölgan. 2019 yil fevralidan bu taşkilot Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta taşkil etilgan.

U 2020 yil yanvar oyidan buyon Mass-mediani qöllab-quvvatlaş fondi vasiylik kengaşi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.

  • Eslatib ötamiz, şu yilning iyul oyi boşida Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident administratsiyasi rahbarligidan ketdi - u bu lavozimda administratsiya taşkil etilgan 2018 yil avgustidan buyon işlayotgandi. Keyinroq uning örniga sönggi uç yilda investitsiya va taşqi savdo vaziri bölgan Sardor Umrzoqov tayinlandi.