Muktada as-Sadra tarafdorlari parlamentga hujum qiliş orqali mamlakat boş vaziri lavozimiga Muhammad as-Sudaniyning nomzodi qöyilişiga norozilik bildirdi. Ular Sudaniyni Eronning odami deb hisoblaydi.
27 iyul kuni Iroq öz antirekordini yangiladi - 290 kundan buyon tölaqonli hukumat yöq. Avvalgi rekord 289 kunga teng bölib, 2010 yilda qayd etilgandi.

As-Sadra boşçiligidagi «Sadrçilar harakati» töqqiz oy oldin, 2021 yil oktyabrida ötkazilgan saylovlarda nisbatan köp ovozlarni qölga kiritgan, ammo hamon hokimiyatga kela olmayapti: yangi hukumat şakllantiriş böyiça muzokaralar tomonlarning murosasizligi tufayli boşi berk köçaga kirib qolgan, asosan şialar va kurdlar kelişa olişmayapti.
Parlament binosi qattiq qöriqlanadigan «Yaşil hudud»da joylaşgan, ammo qöriqçilar «sadrçilar»ni töxtata olmagan, Bağdoddan kelgan xabarlarga köra, politsiya közdan yoş sizdiruvçi gaz va suv töplari qöllaşi ham olomonning yölini tösa olmagan.
Parlamentga bostirib kirilgan vaqtda bu yerda deputatlar bölmagan.

Hukumat rahbarligi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Mustafo al-Qadimiy (u töqqiz oydan buyon örniga yangi boş vazir kelişini kutmoqda) namoyişçilarni binoni tark etişga çaqirgan, ammo sadrçilar uni eşitişmagan va şovqin kötarib, bayroqlarni hilpiratişgan, qöşiqlar kuylaşgan, raqs tuşişgan va kabinetlardagi stollarda yotib suratlarga tuşişgan.
Hukumat şakllanmagani tufayli bu yil Iroq budjeti tasdiqlanmagan, infratuzilma loyihalari va islohotlar moliyalaştirilmasdan qolgan.

Muqtada as-Sadra tarafdorlari avval ham, 2016 yilgi tartibsizliklar çoğida parlamentga bostirib kirişgandi.


















