Ijtimoiy tarmoqlarda «Öztransgaz» AJ mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi oçilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Qayt etiliaşiça, mansabdorlar 4 trillion 904,7 mlrd sömni rastrata qiliş yöli bilan talon-taroj qilgan. Şuningdek, 7,4 mlrd söm mablağ ortiqça mukofot pullari sifatida tölab berilib, özlaştirilgan.
Şu sababli, «Öztransgaz» AJ mansabdorlariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 175-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilganligi aytilmoqda.
«Öztransgaz» axborot xizmati mazkur xabarlarga munosabat bildirib, hozirda taşkilot tuzilmasida işlayotgan heç bir mansabdor şaxs biror jinoiy iş doirasida tergov jarayoniga jalb qilinmaganligini ma’lum qildi.
«Aksiyadorlik jamiyati öz mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi oçilganidan xabari yöq va hozirda ham heç bir mansabdor şaxs biror jinoiy iş doirasida tergov jarayoniga jalb qilinmagan.
Şu örinda, barça OAV va blogerlarga, «Öztransgaz» AJ hamkorlik uçun oçiqligi hamda barça savollarga javob berişga şayligini yana bir bor ma’lum qilamiz», deyiladi taşkilot xabarida.
Şuningdek, «Öztransgaz» AJ yuqoridagi xabarlarni tarqatgan blogerlar ustidan taşkilot xodimlariga nisbatan tuhmat qilganlik va işçanlik obrösiga putur yetkazganlik bandlari böyiça sudga ariza topşiriş ustida iş olib borayotganligini ma’lum qildi.
Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz'ga bildirişiça, «Öztransgaz» AJ mansabdorlariga jinoyat işi oçilganligi haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi.
















