37 yoşli Dilafröz Toirova Navbahor tumanidagi 1-umumta’lim maktabida rus tili fani öqituvçisi bölib işlab kelgan. Turmuş örtoği Husan Toirov esa çorvaçilik bilan şuğullangan. Ular tumanning Burqut mahallasida istiqomat qilişgan. Şu yil fevral oyi oxirida oila boşiga oğir sinov tuşdi: şifokor qabuliga şifo istab borgan rözğor bekasining uyga sovuq jasadi qaytdi.

Şu yil 23 fevral kuni maktabdan qaytgan Dilafröz Toirova turmuş örtoğiga biroz boşi oğriyotganini aytadi. Eri qöşni mahalladagi “Yangi yöl” oilaviy şifokorlik punktining umumiy amaliyot şifokori Ramazon Obloqulovga qönğiroq qilib, turmuş örtoğini tekşirib qöyişni söraydi.

Taassuflar bölsinkim, dardiga şifo istab şifokor qabuliga borgan Dilafröz Toirova qilingan “ukol”dan söng öşa lahzadayoq yoruğ olamni tark etadi. Voqea joyiga tez tibbiy yordam guruhi, içki işlar bölimi xodimlari çaqiriladi. Ammo tuman içki işlar bölimi ham, prokuraturasi ham marhumaning ota-onasidan şifokorga da’vosi yöqligi töğrisida tilxat yozdirib oliş bilangina kifoyalanişgan, xolos.

“Öşa kuni turmuş örtoğimni şifokorga jönatganimdan keyin özim mollarga qaraş uçun ketdim. Taxminan 1 soatdan keyin stomatolog şifokor Ilhom Eşmurodov kelib, turmuş örtoğim vafot etganini aytdi. Avvaliga bu gapga işonmadim. Şifoxonaga bordim. Qarasam, turmuş örtoğim rostdan ölib yotibdi. Uni körib şok holatiga tuşib qoldim.

Öşa yerda turgan hudud profilaktika inspektori menga xotinimning ota-onasini çaqirişimni aytdi. Çaqirdim. Söngra tuman IIB boşliği keldi. Soat 20:00lar atrofida turmuş örtoğimning ota-onasi yetib kelişdi. IIB xodimlari ulardan tilxat yozdirib oldi.

Ikki nafar farzandim bor. Ular har kuni onasini söraydi. Öşa lahzalarda qiynalib ketar ekan odam. Bir inson ölib ketyapti-yu, nima bölganini heç kim bilmaydi. Köplab joylarga murojaat qildim, biror natijaga erişmadim. Xotinim qanday sabab bilan vafot etganini bilişni xohlayman. Çunki u menga turmuşga çiqqanidan buyon biror marta kasal bölib, şifoxonaga yotmagan. Faqatgina farzandlarimni dunyoga keltirayotganida şifoxonaga borgan xolos”, – deydi Husan Toirov.

Lutfiya Toirovaning aytişiça, kelinining bu tarzda vafot etganidan hattoki tuman tibbiyot birlaşmasi rahbariyati xabar ham topmagan: