Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Matiz» haydovchisi vafot etdi
Voqea 29 iyul soat 13:00larda Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. 20 yoshli haydovchi tezlikni oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasiga urilgan. Suratlardan “Matiz” tanib bo‘lmas ahvolga kelib qolganini ko‘rish mumkin.
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahrining Bektemir tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi.
29 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda Bektemir tumani, Istiqlol ko‘chasida, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan Sh.X. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.D. boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Matiz avtomashinasi haydovchisi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sababli qarama–qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Howo yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida Matiz avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026