Ötgan 6 oyda temiryölda yuk va yölovçi taşiş bilan boğliq 9837 ta kamçilik aniqlangan, ularning 4452 tasi xavfsizlikka tahdid soluvçi bölgan.
Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda «Öztemiryölnazorat» inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, tekşiriş natijalari böyiça aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlariga taqiqlovçi çoralarni belgilovçi 104 ta bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilgan.
2022 yilning 6 oyi davomida jami 304 ta temiryöl, 113 ta lokomotiv, 941 ta yuk va yölovçi vagoni nosozligi yoki foydalaniş muddati ötgani aniqlanib, foydalanişdan töxtatilgan.

















